Prezident pandemiya va jahondagi vaziyatga ro‘kach qilib, unga QQSni keyinga qoldirishni taklif qilishganini ta’kidladi. «Biz islohotlar yo‘lidan hech qachon ortga qaytmaymiz va 2023 yil 1 yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 12 foizga tushiramiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident farmoni bilan dorivor o‘simliklarni ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi oilaviy tadbirkorlar va kichik biznes subyektlari uchun soliq va kredit imtiyozlari berildi. Besh yilda 36 ming gektarda dorivor o‘simliklarning yangi plantatsiyalari yaratiladi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan uskunalar esa 2025 yilgacha bojxona bojidan ozod qilindi, QQSni kechiktirib to‘lashga ruxsat etilib, tashish xarajatlarining 50 foizgacha qismi qoplanishi belgilandi.
Bir qator oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, go‘sht, o‘simlik yog‘i va kartoshkani olib kirish va sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasi muddati 2022 yil oxirigacha uzaytirildi. Shuningdek, Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlar 2031 yilgacha ayrim soliqlarni 1 foizda to‘laydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting